09 iyu 09:58
Yangiliklar
Dos Anos: "Men bu vaziyatda nima qilish kerakligini bilaman"
"Hozir CHarlzda hammasi yaxshi. Barchasi mentalitetga bog'liq. Oliveyraning o'ziga xos tushunchasi bor. U o'ziga ishonadi. Biz bilamiz, unda mag'lubiyatlar ham bo'lgan. Lekin ayni paytda u ajoyib formada va o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab turibdi. U yaxshi g'alabali seriya qayd etmoqda.
Raqiblar uni yiqitganda, vaziyatdan foydalana olmayapti. Lekin men fursatdan foydalanib, Oliveyrani jazolagan bo'lardim. Pore Oliveyrani yiqitdi ammo, vaqtdan yutish uchun uni shunchaki ushlab turdi. Men parterda yaxshi harakat qilaman va bu vaziyatda nima qilish kerakligini bilaman", - deydi dos Anos.
Eslatib o'tamiz, 9 iyul kuni (bizning vaqt bilan ertaga tong saharda) Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirida Anos Rafael Fizievga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar