17 okt 15:25
Yangiliklar
Doston Bozorov CHimaev - Usman jangi haqida: "Kamaru Usman oddiy jangchi emas"
Octagon liganing vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi Doston Bozorov kelayotgan dam olish kunining asosiy sport voqeasi haqida gapirdi.
"Volkanosvki bilan jangda Maxachev favorit, Islam birinchi jangdagidan ham osonroq g'alaba qozonadi. CHunki Aleks zaxira jangchisi, 10 kun qolganda jangni qabul qildi. Undan tashqari, Islamni burchagida Xabib Nurmagomedov ham bo'ladi.
Xamzat - Usman to'qnashuvi. To'g'ri, Kamaru ham zaxira jangchisi sifatida o'rtaga chiqadi. Lekin men bu bahs 50/50 holatda bo'ladi deb o'ylayman. Kimdir g'olib bo'ladi deb oldindan ayta olmayman. Qaysi biri xarakter ko'rsatib, aqlli jang qilsa, o'sha g'alaba qozonadi. CHimaevga bitta plyus tarafi - Usmanning zaxiraga chiqayotgani. Xamzat yaxshi sport formasida edi. Balki, BORZ yutar, lekin Kamaru Usman ham oddiy jangchi emas", - dedi Bozorov.
Fikrlar