08 iyu 09:36
Yangiliklar

Doston Bozorov: "Mavlonbek uchun kamarni yana bir marta himoya qilishga tayyorman"
Musobaqa doirasida engil vazn toifasi chempionligi uchun davogar bo'lib turgan hamyurtimiz Mavlonbek Mirkomilov Turkiya vakili Kamal Guseynov bilan jang qilib, kutilmaganda nokaut orqali mag'lub bo'ldi.
Vaziyatga engil vazndagi chempionlik kamarini vakant qoldirgan hamyurtimiz Doston Bozorov munosabat bildirdi:
"Menda juda ko'p yangiliklar bor. SHunchaki Mavlonbek tasodifiy tarzda yutqazib qo'ydi, shuning uchun men ich-ichimdan boshqacha his qilyapman o'zimni. Agarda rejalarim biroz ortga suriladigan bo'lsa, istalgan vaqtda, istalgan joyda nuqta qo'yaman deganman va nuqta qo'yaman ham yana bir marta. Faqat hozir Liga va murabbiylarim o'zaro muzokara o'tkazishyapti. Xudo xohlasa, agar bu jang bo'lib qoladigan bo'lsa, kamarni yana bir marta himoya qilib qo'yaveraman Mavlonbek uchun", deydi Bozorov.
Fikrlar