25 iyu 08:43
Yangiliklar
![](/upload/storage/228049_220.jpg)
Dreyk Peddi Pimblett va Molli MakKennga "Roleks" soatlari sovg'a qiladi
Ularning har ikkisi ham kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha bonus, yani mukofot pullariga ham ega chiqishgandi. Bu hali hammasi emas ekan. Kanadalik taniqli qo'shiqchi Dreyk ingliz UFC jangchilarini taqdirlashga qaror qildi.
Gap shundaki, Dreyk Peddi va Mollining har birining g'alabasi uchun alohida million dollardan pul tikkan edi. "Stavka"dan yaxshigina pul ishlab olgan Dreyk ikkala ingliz UFC jangchisiga "Roleks" soati sovg'a qilishga jazm etdi.
Dreyk mashhur qarama-qarshiliklarga totalizatorda katta pul tikishi bilan tanilib bormoqda. Konor MakGregor, WBA, IBF va WBO kamarlarining sobiq sohibi Entoni Joshua, shuningdek, NFL va NBA klublari ishtirokidagi o'yinlarga pul tikkan.
SHu yilning mart oyida kanadalik "hofiz" Xorxe Masvidalning Kolbi Kovingtonni mag'lub etishi uchun 275 000 dollar tikkan edi. Oradan ikki oycha o'tib, u Jastin Getji - CHarlz Oliveyra jangida amerikalikning g'alabasiga 550 000 dollar pul "stavka" qilgan.
Pul tikishda ketma-ket omadsizlikka uchragan Dreyk taktikani o'zgartirdi. U o'rta vaznda UFC chempioni Israel Adesanyaning Jared Kannonirga qarshi jangdagi g'alabasi uchun bir million dollar qo'ydi va nihoyat niyatiga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Londonda o'tgan UFC oqshomida Peddi Pimblett ikkinchi raundda Jordan Livittni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan bo'lsa, Molli MakKenn birinchi raundda Xanna Goldini nokautga uchratgandi.
Fikrlar