13 avg 17:43
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning 330-raketkasi bo'lgan Bushar 1/4 finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda CHexiyaning Praga shahrida tennis turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 330-raketkasi bo'lib turgan Ejeni Bushar birin-ketin kuchli tennischilarni mag'lub etmoqda. Bu safar kanadalik tennis malikasi reytingning 72-pog'onasidan joy olgan sloveniyalik Tamara Zidanshekdan ustun keldi - 7/6(2), 6/7(2), 6/2.
Uchrashuv 2 soatu 52 daqiqa davom etgan. 26 yoshli Ejeni 6 ta eys zarbani amalga oshirgan. 22 yashar Zidanshekda bu ko'rsatkich 3 tani tashkil etdi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob tenglashdi - 1:1. Endi Bushar Prague Open turnirining chorak finalida belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar