10 dek 09:33
Yangiliklar
Kikboksing
Dunyoning kuchli 8 kikbokschisi o'rtasida marokashlik sportchi g'olib bo'ldi
Gollandiyaning Rotterdam shahrida kikboksing bo'yicha uzoq kutilgan GLORY 62 oqshomi bo'lib o'tdi.
O'z bag'riga 15 000 tomoshabinni sig'diruvchi “Rotterdam Ahoy” arenasida o'tkazilgan ushbu turnirda dunyoning superog'ir vazn toifasidagi eng kuchli 8 nafar kikbokschisi ishtirok etdi.
Tarixiy “sakkizlik turniri”da vazni 95 kilogrammdan og'ir bo'lgan fayterlar ringga ko'tarildi. Nokaut tizimidagi ushbu turnirda marokashlik Jamal Ben Saddik g'oliblikni qo'lga kiritdi. U final jangida ruminiyalik Benjamin Adegbuini nokautga uchratdi. Saddik g'olib sifatida 150 000 AQSH dollariga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar