19 okt 11:20
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning oltinchi raketkasi Stokgolmda chempionligini himoya qila olmadi
SHveciya poytaxti Stokgolm shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Kutilmaganda musobaqaning amaldagi chempioni Xolger Rune o'z ishtirokini 1/8 finaldayoq to'xtatishga majbur qilindi. Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan daniyalik tennischi musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanardi. U nimchorak finalda ATP reytingida 53-pog'onada borayotgan serbiyalik Miomir Kechmanovichga yutqazib qo'ydi - 6/7(3), 2/6.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Bir yuz to'rt daqiqa davom etgan bahsda Rune 4, Kechmanovich 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Xolgerda 2, Miomirda 1 tani tashkil etdi. Breyklar 3 ga 1 ko'rinishda, serbiyalik tennischi foydasiga bo'ldi. Kechmanovich faoliyatida to'rtinchi bor Top-10`dagi tennischini mag'lub eta oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar