04 sen 17:44
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning o'ninchi raketkasi US Open 1/4 finalida
Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida 1/4 final ishtirokchilari aniqlanmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda sayyoramizning o'ninchi raqamli tennis malikasi Karolina Muxova chorak final masalasini ijobiy hal qildi. CHexiyalik tennischi 2 soatu 36 daqiqa davom etgan uchrashuvda WTA reytingida 53-pog'onada borayotgan xitoylik Sin YU Vanni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 5/7, 6/1.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Ikkala raketka ustasi ham 3 tadan eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Muxovada ko'proq bo'ldi - 7 ga 5. Sin YU Van 6, Karolina esa 9 ta breykka erishdi. CHexiyalik faoliyatida ilk bor US Open chorak finalida o'ynaydi. Uning raqibasi ruminiyalik Sorana Kirstya bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar