29 iyu 13:31
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning to'rtinchi raketkasi 19 yoshli tennischiga yutqazib qo'ydi
Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Kutilmaganda dunyoning to'rtinchi raketkasi Kasper Ruud 1/4 finalda ATP reytingining 71-pog'onasida borayotgan franciyalik 19 yoshli Artur Fisga yutqazib qo'ydi - 0/6, 4/6. Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 79 daqiqa davom etgan.
Ruud 2, Fis 4 ta eys zarbasi ijro etdi. Breyklar 4 ga 0 ko'rinishida Artur foydasiga. Fis faoliyatida ilk bor ushbu toifadagi ATP turnirining yarim finaliga yo'l oldi. Endi francuz final chiptasi uchun mezbonlar vakili Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar