04 iyu 07:44
Yangiliklar
Dushanbe Gran-Prisining so'nggi kuni 10 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Mukofot jamg'armasi 100 000 evroni tashkil etuvchi musobaqaning so'nggi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Bugungi bellashuvlarda 10 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi.
Hozircha terma jamoamiz 1 ta oltin medal bilan 40 davlat orasida umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallab turibdi. Yagona medal musobaqaning birinchi kuni SHukurjon Aminova tomonidan qo'lga kiritilgan edi. Kutilmaganda Tojikiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan 1-o'rinni band etgan.
Dushanbe Gran-Prisi. Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Ronni Gal (Isroil)/Nadejda Tatarchenko (AIN)
-78 kg: Farangiz Xolmurodova - Anna Monta Olek (Germaniya)
+78 kg: Saneayim Erkinbaeva - Adiyasuren Amarsayhan (Mo'g'uliston)
+78 kg: Rinata Ilmatova - Rene Luxt (Germaniya)
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov - Styuart Makvott (Buyuk Britaniya)/Yakubjon Nazirov (AIN)
-90 kg: Zufarbek O'rolov - Haqnazar Nazarov (Tojikiston)
-100 kg: Otabek To'raboev - Garri Lovell-Hyuitt (Buyuk Britaniya)/Avtar Singh (Hindiston)
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov - Rahmatullo Mirzoev (Tojikiston)
+100 kg: Islombek Ravshanqulov - Valeriy Endovickiy (AIN)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Erik Abramov (Germaniya)
Fikrlar