02 iyu 20:26
Yangiliklar
Dzyudo
Dushanbe Gran-prisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.
Tadbirda Dushanbe shahri hokimi Rustam Emomali Rahmon, Xalqaro dzyuddo federaciyasi prezidenti Marius Vizer, Tojikiston dzyudo federaciyasi prezidenti Ismoil Mahmadzoir va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, nutq so'zlashdi, dzyudochilarga omad tilashdi.
Takidlash joiz, Tojikiston tarixda ilk bor IJF taqvimidan o'rin olgan musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Tantanali ochilish marosimi yakunlangach, birinchi kundan o'rin olgan final bellashuvlariga navbat berildi.
Darvoqe, ochilish marosimida faxriy mehmon sifatida engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev ishtirok etdi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi g'olib va sovrindor dzyudochilarni taqdirlash marosimida ham qatnashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar