02 may 16:37
Yangiliklar

Dushanbe Grand Slam. Bizni kechki dasturda 1 ta oltin, 3 ta bronza medali uchun bahs kutmoqda
Terma jamoamiz azolaridan 4 nafari kechki final blokida medallar uchun kurashni davom ettiradi. Quvonarlisi, -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Muhayyo Ahmatova finalga etib keldi. U oltin medal uchun kechadigan bellashuvda jamoaviy bahslarda ikki karra Olimpiada chempioni, yakkalikda kumush hamda bronza medallari sovrindori, franciyalik mashhur dzyudochi Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqadi.
Hamyurtlarimizdan Ulbusin Hakimova (-48 kg), Asadbek Misirov (-60 kg) va Artyom SHturbabin (-66 kg) Dushanbe Grand Slam turnirining bronza medali uchun bahs olib borishadi. Final bloki soat 17:00da boshlanadi.
Dushanbe Grand Slam. Final bloki
Oltin medal uchun
-52 kg: Muhayyo Ahmatova (O'zbekiston) - Amandin Bushar (Franciya)
Bronza medallari uchun
-48 kg: Ulbusin Hakimova (O'zbekiston) - Abiba Abujakinova (Qozog'iston)
-60 kg: Asadbek Misirov (O'zbekiston) - Ariunbold Enhtayvan (Mo'g'uliston)
-66 kg: Artyom SHturbabin (O'zbekiston) - Yashar Najafov (Ozarbayjon)
Fikrlar