27 may 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili bu yil yana nechta jang o'tkazish istagida ekanini ochiqladi
Eng engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili UFC 316 turnirida SHon O'Melliga qarshi oktagonga chiqadi.
"Agar O'Mellini mag'lub etsam, bor-yo'g'i bir oy tatilga chiqaman va so'ngra yana yig'inga qaytaman. UFC Meksikaning Gvadalaxara shahrida turnir o'tkazishni rejalashtirayotganini eshitdim. Men o'sha kardda jang qilmoqchiman.
Noyabr oyida Nyu-Yorkda yoki dekabrda Las-Vegasda chiqish qilsam ham yaxshi bo'lardi. Bu yil men yana ikkita jang o'tkazishni istayman", deydi Dvalishvili.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar