21 apr 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dyu Plessi jarohat oldi, CHimaevga qarshi jang bekor qilindi – insayd
O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus Dyu Plessi mashg'ulot chog'ida jarohat orttirib oldi.
Buning natijasida uning davogar Xamzat CHimaevga qarshi jangi bekor bo'ldi yoki nomalum muddatga qoldirildi. Bu haqda taniqli sport sharhlovchi Kevin Ayol xabar berdi. Ushbu jang 28 iyun kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 317 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'lishi kerak edi.
"Drikus Dyu Plessining jarohat olganini eshitdim. Ha, bu malumot rasman tasdiqlangani yo'q. Lekin ishonchli manbalar ham Dyu Plessining jarohat olganini aytishdi. Plessi - CHimaev jangi rostan ham bekor qilinsa, u holda Xalqaro janglar haftaligida Islam Maxachev ishtirokidagi bahsga ehtiyoj ortib ketadi", – dedi Ayol.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar