So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

11 apr 19:03
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining sanasi o'zgardi

Teglar :  Dzyudo
Bir necha kun avval Xalqaro dzyudo federaciyasi o'z taqvim rejasiga o'zgartirish kiritgani va unga muvofiq “Katta dubulg'a” turnirlari orasiga Brazilia turniri ham qo'shilgani haqida xabar bergan edik.

SHu munosabat bilan jahon chempionatidan so'ng o'tadigan ayrim musobaqalar taqvimida yana kichik o'zgarishlar ro'y berdi.

Biz uchun etiborlisi, ular orasida Toshkentda bo'lib o'tadigan Gran-prining sanasi o'zgargani. Xalqaro tashkilotning yil boshida malum qilgan taqvimiga ko'ra, musobaqa noyabr oyida o'tishi belgilangan edi. Biroq so'nggi yangilangan taqvimga ko'ra, poytaxtimiz mezbonligida kechadigan bahslar 20-22 sentyabr kunlariga o'zgartirildi.

SHu tariqa Toshkent Gran-prisi jahon chempionatidan so'ng o'tadigan dastlabki yirik turnir sifatida belgilanmoqda. Unda kelasi yil bo'lib o'tadigan Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolari o'ynalishi yana bir muhim jihatdir. Eslatib o'tamiz, Gran-pri musobaqasida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilar o'rinlariga qarab mos ravishda 700-490-350 reyting ochkolariga ega bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing