So’nggi yangiliklar

11:42Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:21Жаҳон чемпионати: медаллар жамғариш умумий рейтингида иккинчи бўлдик 0 11:00Шоҳруҳ Давлатов Жаҳон чемпионатида мавсумдаги энг яхши натижасини кўрсатди 0 10:39Муроджон Аҳмадалиев мағлубиятдан кейин илк бор пост қолдирди 0 10:18Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди 0 09:57Наоя Иноуэ: "Бу Муроджоннинг шарофати билан эди" 0 09:36Асламжон Ортиқов Санжар Зокиров билан бир кардда жанг қилади 0 09:15Кроуфорд учта турли дивизионда мутлақ чемпионликка эришган тарихдаги илк боксчига айланди 0 08:50Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди 0 08:27Пара академик эшкак эшиш: жамоамизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 08:02Бу факт: Наоя Иноуэ профессионал фаолиятида тўртинчи марта тўлиқ жанг ўтказди, бунақаси сўнгги бор 2019 йилда бўлганди 0 07:30Тошкентда Ўзбекистон ва Чехия терма жамоаларининг қўшма машғулоти ўтказилмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 07:01Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди 0 01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0

06 mar 09:22
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta Dubulg'a” turniri yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirining yakunlari va terma jamoamizning yangi Olimpiya ciklidagi rejalari mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda A.Kamilov sportchilarimizning ishtiroki, kelgusida Toshkentda boshqa yirik musobaqalarni ham o'tkazish, klublar faoliyatini jadallashtirish kabi yo'nalishlarda atroflicha malumot berdi. 

SHuningdek, MOQ rasmiylari mamlakat dzyudo federaciyasi bilan hamkorlikda yangi Olimpiya cikliga tayyorgarlik boshlab yuborilganini bildirishdi. Qolaversa, anjumanda terma jamoamizda ish boshlagan murabbiylar Andrey SHturbabin va Aleksey Budolin (Estoniya) tanishtirildi.

Bir necha yil davomida terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Ilias Iliadis, Diyora Keldiyorovaning Olimpiada chempioni bo'lishiga katta xissa qo'shgan Marko Spittka, shuningdek, ayollar terma jamoasida ishlagan yaponiyalik murabbiy Mikki Tanaka bilan shartnoma muddatlari yakunlangani hamda ularning o'z rejalari borligi sababli bu murabbiylar bilan do'stona xayrlashildi.

O'z vaqtida terma jamoamizda faoliyat yuritgan, Rishod Sobirovning shaxsiy murabbiyi bo'lgan, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Andrey SHturbabin ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. U shu paytgacha Eron, Sloveniya terma jamoalarida samarali faoliyat yuritgandi. So'nggi ish joyi Qozog'istonning "Jenys" klubi bo'lgandi. 

Estoniyada dunyoga kelgan Aleksey Budolin O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Aprel oyida 49 yoshga to'ladigan Budolin sportchilik davrida 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan. Jahon chempionatlarida kumush va bronza medallariga sazovor bo'lgan. Evropa chempioni va sovrindori. Murabbiy sifatida Estoniya terma jamoasi hamda boshqa bir qator davlatlarda ishlagan.   

"Ikki Olimpiadada oralig'ida terma jamoalar tarkibida, murabbiylar shtablarida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy holat. Bir necha yil davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Ilias Iliadis, Diyora Keldiyorovaning Olimpiada chempioni bo'lishiga katta xissa qo'shgan Marko Spittka, shuningdek, ayollar terma jamoamizda ishlagan yaponiyalik murabbiy Mikki Tanaka bilan shartnoma muddatlari yakunlangani hamda ularning o'z rejalari borligi sabab do'stona xayrlashdik. Ularga yana bir bor o'z rahmatimni aytaman. Bugungi erishgan yutuqlarimizda bu murabbiylarning xizmati katta.     

Yangi marralarni ko'zlab, yangilangan murabbiylar shtabi bilan ishni boshladik. Qisqa fursat ichida Parij, Boku va Toshkent “Grand Slam” musobaqalarida ishtirok etdik. Etibor bergan bo'lsangiz, bu turnirlarda tarkibimizda asosan yosh dzyudochilar qatnashishdi. O'tgan yili Olimpiadadan keyin Gulnoza Matniyazova, SHarofiddin Boltaboev singari etakchi tajribali dzyudochilarimiz faoliyatlarini yakunlashdi. Ular allaqachon murabbiylik faoliyatini boshlab ulgurishdi. 

Yoshlardan umidimiz katta. Ilk bor "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etgan 20 yoshli Xurshida Razzoqberdieva kumush medalga sazovor bo'ldi. Terma jamoamizga oltin medalni taqdim etgan SHahzodxo'ja SHaripov ham 20 yoshda! Buxorolik dzyudochimiz ilk davradayoq jahon chempioni, "Katta Dubulg'a" turnirlarining 8 karra g'olib va sovrindori Nemanya Maydovni 4 soniyada ippon bahosi bilan mag'lub etdi. Finalda yaponiyalik dzyudochi Komey Kabavatani yutdi. Finalga etib kelib, kumush medalni qo'lga kiritgan Zamohshari Bekmurodov ham 20 yoshda! U kattalar o'rtasidagi ilk musobaqasidayoq shohsupaga ko'tarildi. Bronza medal sohiblari Anvarjon Ibrohimov 20 yosh, Ernazar Sarsenbaev esa 23 yoshda! Bu kabi yosh sportchilarimiz birinchi katta sinovdayoq musobaqa medaliga ega chiqishdi. 

SHuningdek, yil boshida Avstriya davlatida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazildi. Bugun kechasi terma jamoamiz aynan Avstriya Gran-Prisiga jo'nab ketdi. 

Ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari yo'nalishida ham ishlarimiz davom etyapti. Bir hafta oldin Diyora Keldiyorova nomidagi dzyudo klubi ochildi. Kechadan bu zalimizda ham yosh dzyudochilar mashg'ulotlarni boshlashdi. Dzyudo bilan shug'ullanish istagini bildirayotganlar soni juda ham ko'p. SHu tariqa, yangi qurilgan ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarimiz soni 15 taga etdi. Bu yo'nalishdagi ishlarimiz davom etadi. CHunki, Parij Olimpiadasidan keyin dzyudo bilan shug'ullanish istagida bo'lgan bolalar soni keskin ortdi", - dedi O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov.

Federaciya rahbarining so'zlariga qaraganda, bu yil poytaxtimizda faxriylar o'rtasida jahon chempionati, yoshlar o'rtasida esa Osiyo chempionati o'tkazilishi mumkin. SHuningdek, "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning ham o'tkazilishi haqida muzokaralar bo'lmoqda.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing