So’nggi yangiliklar

14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0

31 iyu 15:54
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Endi bor etibor Jahon chempionatiga qaratiladi

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari endi bor etiborlarini yilning eng nufuzli musobaqasi - Jahon chempionatiga qaratishadi.

Ushbu musobaqa dzyudo vatani - Yaponiyada o'tkaziladi. 25-31 avgust kunlari Tokio shahrida kelasi yili ushbu mamlakatda o'tkaziluvchi Olimpiya o'yinlariga eng katta reyting ochkosini berishi bilan ahamiyatli bo'lgan dunyo birinchiligi tashkil etiladi. 

Jahon chempionatida sayyoramizning 5 qitasi, 141 davlatidan jami 835 nafar (506 erkak, 329 ayol) dzyudochi musobaqa medallari ham Olimpiadaning muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

Erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg, ayollar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +78 kg vazn toifalarida bahslarga kirishadi. Jahon chempionati qitaviy chempionatlar, Gran-pri, "Katta Dubulg'a" va "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirlar orasida eng ko'p ochko berishi bilan ahamiyatli bo'lgan musobaqa hisoblanadi. 

Jahon chempionlari 2000 reyting ochkosini qo'lga kiritadi. Kumush medal sohiblari 1400, bronza medal egalari esa 1000 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Beshinchi o'rin egalari 720, ettinchi pog'onadan joy olganlar 520 ochkoni rasmiylashtiradi. Keyingi o'rinlar bilan kifoyalangan dzyudochilar mos ravishda 320, 240 va 200 reyting ochkosini o'z hisoblariga yozib qo'yishadi.   

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing