31 iyu 15:39
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Dzyudo. Franciya jamoaviy bahslarda yaponlarni engib, oltin medalni qo'lga kiritdi
Dzyudo bo'yicha Tokio Olimpiadasidan o'rin olgan so'nggi, jamoaviy bahslar ham o'z yakuniga etdi.
Final bahsida Yaponiya va Franciya Termasi o'zaro to'qnash keldi. Ushbu qarama-qarshilikda Franciya jamoasi 4:1 hisobida g'alaba qozonib oltin medalga ega chiqishdi.
Bronza uchun kechgan bahslarda esa Germaniya termasi Nederlandiyani mag'lub qilib, Isroil dzyudochilari esa rossiyalik raqiblarini engib bronza medallariga ega chiqishdi.
Ushbu yo'nalishda O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham ilk marotaba ishtirok etishgandi. Afsuski, vakillarimiz ilk bosqichda Niderlandiya terma jamoasiga 3:4 hisobida yutqazib qo'yishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar