06 iyu 23:14
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Jahon chempionati boshlandi. Bugun ikki nafar hamyurtimiz chiqish qildi
Bugun Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati boshlandi.
Kun davomida erkaklar o'rtasida -60 kg, ayollar o'rtasida esa -48 kg vazn toifasida bahslar tashkil etildi.
-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillaev ilk bosqichda dzyudo vatani Yaponiya vakili Ryuju Nagayamaga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ayollar o'rtasida esa -48 kg vaznli Gulnur Muratbaeva ilk bosqichda mezbon Eva Sernovickiga qarshi bahs olib bordi va yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar