09 iyu 15:03
Yangiliklar
Dzyudo. Jahon chempionati. Farangizning ikkita jangi yakunlandi, SHarofiddin uchinchi bosqichda
Musobaqaning to'rtinchi kuni doirasida bugun ikki nafar hamyurtimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi haqida avvalroq xabar qilgandik.
Ayollar o'rtasidagi bahslarning -63 kg vazn toifasi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Farangiz Hojieva ilk davrada madagaskarlik Laura Rasoanaivo Razafidan ustun kelgan edi. Ikkinchi davrada esa u Osiyo o'yinlari sovrindori, koreyalik Xi Ju Xanga ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
-81 kg vaznli dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboaev esa bahslarga ikkinchi bosqichdan qo'shildi. U ikkinchi davrada qatarlik Halil Ribahiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Endi Boltaboev uchinchi davrada Ozarbayjon yoki Madagaskar vakiliga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar