01 apr 16:45
Yangiliklar
Dzyudo. Keldiyorova finalda, Nurillaev esa bronza medali uchun kurashadi
Quvonarlisi, kechki dasturda Keldiyorova finalda, Nurillaev esa bronza medali uchun kurashish bosqichida tatamiga chiqadi.
Kun Kelidyorova uchun omadli o'tmoqda. Hamyurtimiz, ayniqsa, yarim finalda Rio-2016 finalchisi, Tokio-2020 sovrindori italiyalik Odetta Jufridaga qarshi chiroyli bahs o'tkazdi. Bellashuv o'rtalarida vazari bahosini ishlagan samarqandlik dzyudochimiz bahsning qolgan qismida ustunlikni saqlab qola oldi va ketma-ket ikkinchi bor Antalya “Katta dubulg'a” turnirida final yo'llanmasini qo'lga kiritmoqda. Eslatib o'tamiz, Kelidyorova o'tgan yili ushbu musobaqada oltin medalni qo'lga kiritib, “Katta dubulg'a” turnirlarida g'alaba qozongan ilk dzyudochi qizimiz sifatida tarixga kirgan edi.
-66 kg vazn toifasida Sardor Nurillaev ham yaxshi kurash olib bordi. Vakilimiz yarim finalda jahon reytingi etakchisi moldovalik Denis Vieruga qo'shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun mo'g'ulistonlik raqibiga qarshi bellashadi. Vakillarimizning kechki dasturdagi raqiblari:
Final:
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Reka Pupp (Vengriya)
Bronza medali uchun:
-66 kg: Sardor Nurillaev – Basxu Yondonperenlei (Mo'g'uliston)
Fikrlar