08 jan 15:39
Yangiliklar
Dzyudo markazida mashg'ulotlar qaynayapti FOTOREPORTAJ
Bu erda har ikki terma jamoamiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapti.
Jumladan, erkaklar terma jamoamiz Kamol Murodov, Nurali Qobilov, Ramziddin Saidov, Server Deleverovich, Ulug'bek Azizov murabbiyligidagi mashg'ulotlarga zo'r bergan. Asosiy tarkib dzyudochilarimiz Ilias Iliadis boshchiligida Doha shahrida Qatar "Masters" turniriga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Qolgan tarkib dzyudochilar esa poytaxtimizda Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikning ilk bosqichini boshlashdi. Tarkibda yoshlar terma jamoasi azolari ham bor. Ularning deyarli barchasi o'tgan yilning dekabr oyida ham yoshlar, ham kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgandi.
Fikrlar