29 avg 09:22
Yangiliklar
Dzyudo
![](/upload/storage/83135_220.jpg)
Dzyudo. Matniyazova g'alaba bilan boshladi, Yahyo Imomov ilk davradayoq yutqazdi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun ikki nafar hamyurtimizning ishtiroki ko'zda tutilgandi.
Erkaklar o'rtasida -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Yahyo Imomov ilk jangidayoq shveciyalik Markus Naymanga ippon bahosi bilan yutqazib qo'ydi va ilk davradayoq musobaqani yakunladi.
Ayollar o'rtasida -70 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Gulnoza Matniyazova esa ilk davrada tunislik Nixel Landolsini ippon evaziga mag'lub etdi. Endi u birozdan so'ng ikkinchi jangini britaniyalik Selli Konveyga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar