31 iyu 17:20
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Dzyudo. Musobaqalar yakunlandi. Qaysi jamoa medallar jamg'arishda etakchi?
Bugun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining dzyudo sport turi bahslari o'z yakuniga etdi.
Umumjamoa hisobida kutilganidek, mezbonlar - Yaponiya terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari medallar jamg'arish bo'yicha juda katta ustunlik bilan peshqadamga aylanishdi. Ular 9 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritishgan.
Ikkinchi o'rindan 2 oltin, 3 kumush va 3 bronza medallari bilan Franciya terma jamoasi joy olgan. Kuchli uchlikni esa biroz kutilmaganda Kosovo mamlakati 2 ta oltin medal bilan yakunlab berdi. Davlat Bobonovning bronza medali sabab O'zbekiston terma jamoasi 17-o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar