So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

19 mar 19:13
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. "Olimpiya cho'qqilari"da g'oliblar aniqlanmoqda

Teglar :  Dzyudo
Avval xabar berganimizdek, kecha 18 mart kuni Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar gimnastika sport maktabining muhtasham sport majmuasida “Olimpiya cho'qqilari” musobaqasi start olgan edi.

Musobaqada respublikamizdagi  olimpiya zaxiralari kollejlarida tarbiyalanayotgan, 2004-2005 hamda 2006  yillarda tug'ilgan 140 nafar o'g'il bolalardan iborat yosh dzyudo ustalari ishtirok etishdi. 

"Olimpiya cho'qqilari" dan joy olgan mazkur chempionatning reglamentiga muvofiq, kechagi bellashuvlarda 42, 46, 50, 55 va 60 kg. vazn toifalarida g'oliblar nomi aniqlandi. Unga ko'ra 42 kg. da Hasan Boynazarov (Toshkent v.), 46 kg.da Maqsud Naimov (Jizzax), 50 kg. da Arslonbek Qo'chqorov (Samarqand), 55 kg. da Abdulla Axadullaev (Toshkent sh), 60 kg. Asadbek Ayitbaev  (Toshkent v.) lar (Olimpiya cho'qillari) chempioniga aylanishdi. Bugun 19 mart kunggi bahslarda esa 66, 73, 81, 90 hamda +90 kg. vazn toifalarida kuchlilar saralandi. Yakuniy natijalarga ko'ra, 66 kg.da SHerbek Rashidov (Samarqand), 73 kg.da Ollanazar Norboev (Qoraqalpog'iston),  81 kg. da Melis Sodiqov (Xorazm), 90 kg.da Nurlas Amirxonov (Navoiy), +90 kg. da SHerdor Rahmatov (Qashqadaryo) lar barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medallarga ega bo'lishdi. G'olib va sovrindorlarga diplom va medallar topshirildi.

SHuni alohida takidlash joiz, musobaqaga tashrif buyurgan hakamlar, murabbiylar va sportchilar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga va ushbu boshqarma tasarrufidagi Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji, Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar- o'smirlar gimnastika sport maktabi hamda  Milliy olimpiya qumitasi viloyat vakilligiga, viloyat dzyudo federaciyasiga chempionatning yuqori saviyada o'tishida barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun o'z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Ilhom RAHMONOV, Qarshi shahridan tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing