12 mar 09:48
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Samarqand shahri yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilyapti.
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 2002-2003 yillarda tavallud topgan jami 480 nafar dzyudochi medallar yo'lida tatamiga chiqmoqda.
Kecha kunning ikkinchi yarmida mamlakat birinchiligining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda viloyat sporti mutasaddilari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi masullari ishtirok etishdi. So'zga chiqqanlar yurtimizda sportga qaratilayotgan etibor, yoshlarimizning bu imkoniyatlardan foydalanib, mamlakat taraqqiyoti, o'z oilalari farovonligi uchun harakat qilmoqliklari lozimligini takidlashdi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar