So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

24 avg 12:39
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Teglar :  DzyudoSayohat
Bugun mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasida Yaponiyadagi O'zbekiston yoshlari associaciyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Marosimda elchixona rasmiy vakillari, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi hamda Yaponiyadagi O'zbekiston yoshlari associaciyasi xodimlari hozir bo'lishdi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov yurtimizda olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turiga qaratilayotgan hukumat darajasidagi etibor, buning natijasida dzyudo bilan oshno tutinayotgan yoshlar sonining ortib borayotgani, mamlakatimizda IJF (Xalqaro dzyudo federaciyasi) shafeligida o'tkazilayotgan nufuzli musobaqalar haqida atroflicha malumot berdi. 

Tadbirda muhokama qilingan eng asosiy masala bu shubhasiz, o'zbekistonlik sportchilar, xususan dzyudo bo'yicha terma jamoamizning Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lida olib borayotgan tayyorgarligi bo'ldi. O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Azizjon Kamilov bu haqda ham yig'ilganlarga so'zlab berdi. 

SHuningdek, marosimda O'zbekiston terma jamoasining Tokio shahrida start olish arafasida turgan jahon chempionatiga olib borgan hozirligi bo'yicha ham so'z bordi. Do'stona ruhda o'tgan uchrashuv so'nggida O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Yaponiyadagi O'zbekiston yoshlari associaciyasi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Kelishuvga Azizjon Kamilov va associaciya raisi Jo'rabek Hasanov imzo chekishdi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi ushbu uchrashuvni tashkil etishda yaqindan yordam bergan mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari, xususan elchining savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Xurshid Haydarov hamda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik bildiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing