So’nggi yangiliklar

17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 15:10Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон шахматчиларининг иккинчи кунги ўйинларидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0 22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0

26 jan 23:15
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Portugaliya Gran-prisining ilk kunida ikkita oltin medal qo'lga kiritdik

Portugaliyada dzyudo bo'yicha yilning ilk turniri – Odivelash Gran-prisining ilk kuni yakuniga etdi.

Musobaqaning ilk kunida 7 nafar dzyudochimiz medallar uchun kurash olib bordi. Quvonarlisi, ularning ikki nafari kun yakuniga ko'ra shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin oldi. Erkaklar o'rtasida -60 kg vazn toifasida Dilshod Baratov, ayollar o'rtasida esa -52 kg vaznli Diyora Keldiyorova barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 



O'zbek dzyudochilarining natijalarini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.



-52 kg: Diyora Keldiyorovada ham g'alaba! U finalda vengriyalik raqibasini og'ritish usuli bilan mag'lub etdi! OLTIN MEDAL!


-60 kg: Dilshod Baratov finalda braziliyalik Augusto Mishelga qarshi kurashdi va g'alaba qozondi! OLTIN MEDAL!


Finallar:

-60 kg: Dilshod Baratov - Augusto Mishel (Braziliya) 22:25 dan so'ng

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Pupp Reka (Vengriya) 22:50 dan so'ng


YANA BIR FINALLL!!! -66 kg vazn toifasida Dilshod Baratov ozarbayjonlik raqibini mag'lub etdi va finalga chiqdi!


FINALLLL!!! -52 kg vaznli Diyora Keldiyorova yarim finalda neytral maqomda qatnashayotgan rossiyalik raqibasini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!


-52 kg vazn toifasida Sita Qadamboeva o'tish jangida koreyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va medal uchun imkoniyatni yo'qotdi. 


-60 kg vaznli Dilshod Baratov Xitoy Taypeyi vakilini 45 soniya ichida mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi! Raqib Ve Yung Yang Tokio Olimpiadasi kumush medal sohibi hisoblanardi!


-52 kg: Sita Qadamboeva afsuski chorak finalda vengriyalik raqibasiga yutqazdi. Endi u bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. 


-52 kg: Diyora Keldiyorova chorak finalda koreyalik raqibasini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!


-52 kg: Sita Qadamboevada ham g'alaba! U avstriyalik raqibasini ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga chiqdi!


-60 kg: Dilshod Baratov uchinchi bosqichda ispaniyalik raqibini Golden Score'da chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi va to'rtinchi davraga yo'l oldi. 


-52 kg: Diyora Keldiyorova germaniyalik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi. 1/4 final!


-57 kg: SHukurjon Aminova slovakiyalik raqibasiga mag'lub bo'ldi. U Golden Score'da 4 daqiqadan ortiq kurashgandi. Afsuski yakunda imkoniyatni boy berdi. 


-66 kg: Muhriddin Tilovov ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. 


-52 kg: Sita Qadamboeva Kabo-Verde vakilasini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi!


-48 kg: Afsuski Halima Qurbonova ikkinchi jangida yaponiyalik Xikari Yoshiokaga mag'lub bo'ldi. 


-60 kg: Dilshod Baratov portugaliyalik dzyudochidan ustun keldi. 


-57 kg: SHukurjon Aminova birinchi davrada gvineyalik raqibasini mag'lub etdi. Endi u Slovakiya vakilasiga qarshi tatamiga chiqadi.  


-57 kg: Nilufar Ermagambetova ilk bosqichda bolgariyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 


-52 kg: Diyora Keldiyorova ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshladi. U hindistonlik raqibasini mag'lub etdi. Navbatdagi raqib Germaniyadan bo'ladi. 


-48 kg: Halima Qurbonova ilk bosqichda vetnamlik raqibasini mag'lub etdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi. Endi u ikkinchi davrada yaponiyalik Xikari Yoshiokaga qarshi kurashadi. 



Bugun musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz va ularning dastlabki raqiblari: 

-60 kg: Dilshod Baratov – Emerson Silva (Portugaliya) / Ariel SHulman

-66 kg: Muhriddin Tilovov – Kemran Suleymanov (Ozarbayjon) / Aleksandr Bukur (Portugaliya)

-48 kg: Halima Qurbonova – Txi Xoang (Vetnam)

-52 kg: Diyora Keldiyorova – SHradxa CHopade (Hindiston)

-52 kg: Sita Qadamboeva – Jamila Silva (Kabo-Verde)

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Ivelina Ilieva (Bolgariya)

-57 kg: SHukurjon Aminova – Mariana Esteves (Gvineya)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing