28 fev 18:52
Yangiliklar

Dzyudo. "Tashkent Grand Slam" turnirining ilk kunida beshta medal qo'lga kiritdik
Musobaqaning ilk kunida 5 nafar dzyudochimiz medallarga ega chiqdi.
-60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov boshqa bir yurtdoshimiz Bahrom Boturovni mag'lubiyatga uchratdi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.
-60 kg vaznli Anvarjon Ibrohimov Franciya vakili Sedrich Revoldan ustun keldi va bronza medaliga ega chiqdi.
-66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov bronza uchun kechgan bahsda Tojikiston dzyudochisi Nurali Emomalini taslim etdi.
-66 kg vazndagi yana bir "o'zbekcha derbi"da Artyom SHturbabin Abdukarim Nutfulloevdan ustun kelib, bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
-66 kg vazn toifasida Zamohshari Bekmurodov finalgacha etib bordi va xal qiluvchi bahsda IJF bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Ramazan Abdulaevga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar