14 fev 11:02
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Tel-Aviv turnirida Gulnoza Matniyazovaga muxlislik qilamiz
16-18 fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi musobaqa bo'lib o'tadi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasining malum qilishicha, unda O'zbekiston terma jamoasidan faqatgina Gulnoza Matniyazova (-70 kg) ishtirok etadi.
Murabbiylar shtabi erkaklar va ayollar terma jamoalarini 3-5 mart kunlari poytaxtimizda o'tadigan «Katta dubulg'a» turniriga tayyorlamoqda. SHu bois asosiy etibor o'z yurtimizda o'tadigan musobaqaga qaratilgan.
Isroil mezbonlik qiladigan turnirda 56 mamlakatdan 400 nafardan ortiq sportchi qatnashishi kutilmoqda. O'z vazn toifasida g'alaba qozongan dzyudochi jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo'lida esa 500 ochkoga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar