12 apr 10:41
Yangiliklar

Dzyudo terma jamoamizning Osiyo chempionati uchun tarkibi elon qilindi
Musobaqa 25-28 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkaziladi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To'raboev jamoaviy bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladi. Diyora Keldiyorova bu yil musobaqalarga qaytmaydi. Alisher Yusupov esa Osiyo chempionatiga bormaydi.
Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi dzyudochilarimiz tarkibi:
Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov
-73 kg: SHahram Ahadov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Rustam SHorahmatov
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov.
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova
-57 kg: SHukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurullaeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
-78 kg: Marjona Ko'chimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva.
Fikrlar