09 dek 13:01
Yangiliklar
Dzyudo. Xitoydagi nufuzli "Masters"da ishtirok etuvchi tarkibimiz malum
Dunyoning 5 qitasi 68 mamlakatidan jami 454 (236 erkak va 218 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 11 azosi ham medallar hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi.
Bundan bir necha daqiqa avval terma jamoamiz delegaciyasi Yaponiyaning Osaka shahridan Xitoyning Cinadosiga etib bordi. Osaka “Katta Dubulg'a” turniridan so'ng dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtda qolib, u erda bir nechta davlat ishtirokida o'tgan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishgan edi. Tarkibdan reytingi eng yuqori bo'lgan dzyudochilarimiz joy olgan. Musobaqa g'olibiga 1800 reyting ochkosi taqdim etilishi Cindao “Masters” turniriga bo'lgan qiziqishni yana ham oshirgan.
Terma jamoamiz tarkibi:
Erkaklar
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev, Diyorbek O'razboev
-66 kg: SHahram Ahadov, Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatulloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Qizlar
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Bosh murabbiy - Ilias Iliadis
Murabbiylar - O'ktam Rahmonov, Ravshan Ahmadjonov, Bekzod To'raboev
SHifokor - Javlon Hasanov
O'zbkiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar