03 may 15:28
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimiz Dushanbe "Katta dubulg'a" turnirinining ilk kunida ikkita medalga ega chiqishdi
Kecha Tojikiston poytaxtida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turniri start oldi.
Engil vazn toifalarida kechgan dastlabki kun bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Kumush medalni -52 kg vazn toifasida bellashgan Muhayyo Ahtamova qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz finalda jamoaviy yo'nalishda ikki karra Olimpiada chempioni, franciyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy berdi. Bronza medalini esa -66 kg vazn toifasida kurashgan Artyom SHturbabin jamoamiz hisobiga keltirdi.
Kumush medal:
-52 kg: Muhayyo Ahtamova.
Bronza medal:
-66 kg: Artyom SHturbabin.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar