29 mar 12:16
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Jahon chempionati oldidan o'tkaziladigan so'nggi musobaqaga yo'l olishdi FOTOREPORTAJ
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnir may oyida Qatar poytaxti Doha shahri mezbonligidagi Jahon chempionati oldidan o'tkaziladigan so'nggi musobaqa hisoblanadi.
Tabiiyki, Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tunda terma jamoamiz delegaciyasi Antaliya shahriga jo'nab ketdi. SHuningdek, turnirdan so'ng ishtirokchi davlat terma jamoalari uchun xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini ham o'tkaziladi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi
Erkaklar: Dilshodbek Baratov, Bahrom Boturov (-60 kg), Abdurahim Nutfulloev, Bobur Vadjiev (-66 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg), Nurbek Murtazoev, SHarofiddin Boltaboev (-81 kg), Zufarbek O'rolov (-90 kg), Suhrob Rajabov (-100 kg), SHohruh Mamarasulov (+100 kg).
Ayollar: Halimajon Qurbonova, Fotimaxon Tursunboeva (-48 kg), Diyora Keldiyorova, Sita Kadambaeva (-52 kg), Nilufar Ermaganbetova, SHukurjon Aminova (-57 kg), Marjona Nurulloeva (-63 kg), SHohista Nazarova, Xurshida Razzoqberdieva (-70 kg), Irisxon Qurbonboeva (-78 kg), Rinata Ilmatova (+78 kg).
Fikrlar