30 iyu 15:02
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz “Osiyo bolalari” kompleks musobaqasining ilk kunida 5 ta medal qo'lga kiritishdi, 3 tasi oltin!
O'z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada O'zbekiston sport delegaciyasi ham muvaffaqiyatli qatnashyapti. Bugundan dasturdan o'rin olgan dzyudo bahslari boshlandi.
Quvonarlisi, bugun tatamiga chiqqan dzyudochilarimizning 5 nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Hushnud Sultonov (-46 kg), Hushnud Burxonov (-50 kg) va Muhammadkarim Nozirov (-55 kg) oltin medalni qo'lga kiritdi. Dinora Hasanova (-40 kg) kumush, Dilnoza Hamitova (-44 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
“Osiyo bolalari”. G'olib va sovrindor dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-46 kg: Hushnud Sultonov
-50 kg: Hushnud Burxonov
-55 kg: Muhammadkarim Nozirov
Kumush medal
-40 kg: Dinora Hasanova
Bronza medal
-44 kg: Dilnoza Hamitova
Fikrlar