27 apr 16:19
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatining uchinchi kuni 3 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTOGALEREYA
Qita chempionatining uchinchi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Bugun bahslarga kirishgan 6 dzyudochimizning 3 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi.
Quvonarlisi, -90 kg vazn toifasi final uchrashuviga O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili etib keldi. Murosasiz kechgan uchrashuvda 20 yoshli SHahzodxo'ja SHaripov ippon bahosi evaziga Nurbek Murtazoevni mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. SHaripov bir yarim oy oldin Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida ham chempion bo'lgan edi.
-78 kg vaznda kurashgan Marjona Ko'chimova esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. U uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Xitoy Taypeyi vakilasini parterda ushlash usulida taslim etdi.
Fikrlar