12 dek 16:38
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz o'z klublari safida Evropa chempionlar ligasi sovrindoriga aylandi
Serbiyaning Belgrad shahrida dzyudo bo'yicha klublar o'rtasida Evropa chempionlar ligasi o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, "Ko'hna qita" jamoalarida ishtirok etgan sportchilarimiz ham musobaqada sovrinli o'rinlarni egallashdi.
Greciyaning "Aris" klubi sharafini himoya qilgan Sardor Nurillaev (-66 kg) va Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg) kumush medallarga sazovor bo'lishdi. Diyora Keldiyorova (-52 kg) Turkiyaning "Galatasaray", SHohruh Mamarasulov esa Serbiyaning "Red star" jamoasi bilan bronza medalini qo'lga kiritdi.
Musobaqada SHahram Ahadov (-73 kg) va Alisher Yusupov (+100 kg) Ispaniyaning "Stabiya" klubi tarkibida qatnashdilar. Biroq ushbu jamoa shohsupaga ko'tarila olmadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar