31 jan 08:04
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Parij "Katta Dubulg'a" turniriga jo'nab ketishdi
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda sayyoramizning 4 qitasi 53 davlatidan jami 309 (172 erkak, 137 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. So'nggi Olimpiada manzili tatamilarida Bahrom Boturov (-60 kg), SHahram Ahadov (-73 kg) va O'tkirbek To'raboev (+100 kg) medallar uchun bahs olib boradi.
Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, yilning ilk "Katta Dubulg'a" turnirida uch nafar dzyudochimiz o'z mahoratini namoyish etadi. Terma jamoamiz azolari murabbiy Iskandar Rasulov boshchiligida Parij shahriga jo'nab ketishdi.
Franciyaga yo'l olgan tarkib:
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: SHahram Ahadov
+100 kg: O'tkirbek To'raboev
Murabbiy - Iskandar Rasulov
SHifokor - Sanjar Usmanaliev
Fikrlar