28 may 16:13
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimizning jahon chempionatiga tayyorgarligi Dukentga ko'chdi + FOTO
Xabaringiz bor, 13-20 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budepaesht shahri kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Yilning eng muhim musobaqasida ishtirok etadigan O'zbekiston ayollar terma jamoasi Andrey SHturbabin murabbiyligida poytaxt viloyatining Dukent shaharchasida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Dukentdagi yig'inga qadar Italiya va Ispaniya davlatlarida mashg'ulot o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar