04 iyu 07:01
Yangiliklar
Dzyudochilarimizning Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarligi muhokama qilindi
O'zbekiston dzyudo federaciyasida ayni shu mavzuda yig'ilish bo'lib o'tdi. Federaciya bosh kotibi Aziz Sobirov, raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov, terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov va boshqa masullar ishtirokida o'tgan yig'ilishda dzyudochilarimizning olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.
Olimpiada boshlanishiga bir yarim oydan sal ko'proq qolmoqda. Murabbiylar va masullar zimmasida dzyudochilarni o'sha paytga yuqori sport formasida tayyorlab borish vazifasi turibdi. Yig'ilishda buning uchun federaciya tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi aytildi.
Dzyudochilarning mashg'ulotidan tortib, to farmakologiya, vitaminizaciyasi va hatto uyidagi muammolarigacha etibor qaratish lozimligi uqtirildi. Albatta, muhim sport musobaqasi oldidan sportchining uyida qandaydir muammosi bo'lsa, natija aniq yaxshi bo'lmaydi. Yig'ilishda bu masalaga ham jiddiy etibor qaratish lozimligi aytildi.
Fikrlar