03 okt 15:09
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochimiz jahon chempionati bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlarida to'rt nafar dzyudochimiz o'z ishtirokini boshlagandi. Ulardan birgina -73 kg vazn toifasidagi Mardon Ravshanov kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Ravshanov 1/2 finalda yaponiyalik Keyto Kiharaga yutqazib qo'ydi.
Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun bir-birlariga qarshi bahs olib borishlari ham mumkin edi. Afsuski, Hojiakbar Toshev bronza yo'lidagi o'tish bellashuvida italiyalik Manuel Parlatiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u kechki dasturda aynan Parlatiga qarshi bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar