05 okt 13:35
Yangiliklar
Dzyudochimiz jahon chempionatining oltin medali uchun tatamiga chiqadi
Dunyoning 5 qitasi 67 mamlakatidan jami 531 nafar dzyudochi qatnashayotgan mazkur nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 9-o'rinni egallab turibmiz.
Bugun og'ir vaznlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. O'g'il bolalar o'rtasidagi -100 vaznda kurashayotgan Muhammadsodiq Sodiqov final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U germaniyalik Yannis Bashin, tojikistonlik Muhsin Malaev, ruminiyalik Rares Arseni, ozarbayjonlik Ajdar Bagirovni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi u kechki dasturda jahon chempionligi uchun yaponiyalik Nozomu Mikiga qarshi tatamiga chiqadi.
Afsuski, bugungi bellashuvlarda ishtirok etgan SHirinjon Yo'ldosheva, Mohlaroyim To'xtamisheva, Umida Nig'matova va Fazliddin Rafiqov raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Fikrlar