24 noy 11:09
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochimiz "Katta Dubulg'a" finaliga yo'l oldi
Yaponiyaning Osaka shahrida o'tayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Hozirgina -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Davlat Bobonov musobaqaning final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Anchadan beri dzyudochilarimizni finalda ko'rmayotgan edik.
Davlat final chiptasi uchun kechgan murosasiz bellashuvda shu yilgi Parij “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi, 2017 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, koreyalik Gvak Dong Xanni mag'lubiyatga uchratdi. Uning oltin medal uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi yaponiyalik Kenta Nagasavadan ustun kelgan gruziyalik Beka Gviniashvili bo'ladi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar