09 iyu 21:10
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev jahon chempionatida bronza medali uchun tatamiga chiqdi
Budapesht shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kungi bellashuvlari o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
-81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bahsni yakunladi. Qoraqalpog'istonlik dzyudochimiz asli gruziyalik, hozirda Portugaliya sharafini himoya qilayotgan Anri Egutidzega Golden Score'da mag'lubiyatga uchradi va beshinchi o'rin bilan kifoyalandi.
O'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlagan Boltaboev qatarlik Halil Rebahi, ozarbayjonlik Zelim Tkaev, gruziyalik Luka Maysuradze, mo'g'ulistonlik Sayid Mollaini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalda belgiyalik Mattias Kassega imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar