11 may 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Alvares va Dastin Pore 28 iyul kuni to'qnash kelishadi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda sobiq UFC chempioni Eddi Alvares va Dastin Pore 28 iyul kuni o'zaro jangda oktagonga ko'tarilishadi.
Ushbu jang UFC on FOX 30 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Bu malumotni har ikki sportchi ham tasdiqladi.
“Kalgarida ko'rishamiz, Dastin. Do'stim, senga omad tilayman!”, — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Alvares.
Pore bunga uchta so'z bilan javob qaytardi: “O'sha erda ko'rishamiz”.
Eslatib o'tamiz, bu ikki sobiq chempionning ilk jangi 2017 yilning may oyida bo'lib o'tgan va qizig'i, o'sha bahs o'tkazilmagan deb topilgandi. Sababi, Alvares Porening bosh qismiga tizzasi bilan zarba bergandi.
Havola :
Fikrlar