08 sen 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Ahmadalievning mutlaq chempionlik jangi haqida: "Uzbek Power" (FOTO)
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn o'zbekistonlik mijozi Murodjon Ahmadalievning jangi haqida gapirdi.
Ikkinchi eng engil vazn toifasi WBA yo'nalishida vaqtinchalik chempion bo'lib turgan Murodjon Ahmadaliev 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadigan prof boks oqshomining markaziy jangida vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.
"Barchasi uchun bir hafta vaqt qoldi", deya suratni izohlagan Xirn.
Murodjon hozirda ushbu jang uchun Yaponiyaning o'zida tayyorgarlikni davom ettiryapti.
Havola :
Manba : instagram.com/eddiehearn
Fikrlar