03 fev 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Alvares - Sonders jangida stadion to'lishiga ishonmoqda
Saul Alvaresning(54-1-2, 36 KO) promouteri Eddi Xirn mijozining Billi Jo Sonders bilan o'tkazadigan jangi haqida gapirdi.
Xirn jangni muxlislar bilan to'lgan stadionda o'tkazishni reja qilmoqda.
"Bu jang menga Entoni Joshua va Tayson Fyuri to'qnashuvini eslatmoqda. SHartnoma tayyor, ammo u hali beri imzolanmagan.
Jangni may oyida, muxlislar bilan o'tkazishni reja qilmoqdamiz.
Amerikada bizning omadimiz kelmoqda. Alvares va Kallum Smit o'rtasidagi jangga 12 ming muxlis keldi. Mayamida esa 15 ming muxlis kelishi mumkin. Saul keyingi jangini "Hard Rock Stadium"da o'tkazadi. SHundan so'ng, biz Vegasda yoki Dallasda to'liq stadion bilan jang o'tkazishimiz mumkin", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar