03 iyu 20:02
Yangiliklar
Eddi Xirn: "Biz bu yigitni hurmat qilishimiz kerak"
"Menimcha, Kaneloning keyingi uch raqibi — Gennadiy Golovkin, Dmitriy Bivol va David Benavides bo'ladi. Vaqti kelib Benavidez bilan jang katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Odamlarning Kanelo Benavidez yoki CHarlo bilan supero'rta vaznda kamar himoyasi uchun jang qilishi kerak degan so'zlari hech narsani anglatmaydi. Bivol haqida gapiradigan bo'lsak, Kanelo yarimog'ir vazn toifasiga o'tib, raqiblarga qiyinchilik tug'dirishni yaxshi ko'radi. U buni amalga oshirmay, shunchaki, CHarlo bilan jang qilishi mumkin edi. Biz bu yigitni hurmat qilishimiz kerak. U o'z imkoniyatlarini kengaytirmoqchi edi", - deydi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 7 may kuni Kanelo hakamlar qaroriga ko'ra rossiyalik Bivolga mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar