23 may 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Endi undan xech kim qo'rqmaydi"
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn WBC sobiq chempioni Deontey Uaylder haqida fikr bildirdi.
"Uaylder va Entoni Joshua o'rtasida jang bo'lishi ehtimolini inkor qilmayman, lekin hozir ko'pchilik Uaylderga qarshi Entonida katta imkoniyat ko'ryapti.
U yana kuchayadi deb umid qilaman. Gap yo'ldan adashgan bokschilar haqida ketmoqda. Bu ajoyib misol. Ilgari ko'pchilik uning kuchidan qo'rqardi, hozir esa qo'rqmay qolishgan. Endi hech kim Deontey Uaylder bilan jang qilishdan qo'rqmaydi, garchi ilgari uni tarixdagi eng kuchli zarbachilardan biri deb bilishardi. Endi hamma unga qarshi jang qilishni xohlayapti", – dedi Xirn.
Havola :
Manba : Fight Hype
Fikrlar