16 iyu 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Ennisning keyingi jangi haqida malumot berdi
Britaniyalik promouter Eddi Xirn yarimo'rta vazn toifasida IBF va WBA yo'nalishlari chempioni Jeyron Ennis (34-0, 30 KO) navbatdagi jangini qachon o'tkazishini malum qildi.
"Ular bizdan: "Avgust oyida Virjil Ortis bilan jang qilasizlarmi?", deb so'rashdi. Biz esa: "Ha", deya javob berdik. Keyin ular Virjilning avgustga tayyor bo'lmasligini aytishdi. Virjil ajoyib jangchi. Biz hozir DAZN bilan muzokaralar olib boryapmiz. Menimcha, Ennis avgust yoki sentyabr oyining boshida jang qiladi. Keyin Virjil Ortis bilan to'qnashamiz. Biz barcha katta janglarda qatnashishni xohlaymiz", dedi Xirn.
Malumot uchun, Ennisga tegishli bo'lib turgan WBA chempionlik kamari uchun o'zbekistonlik SHahram G'iyosov majburiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : Fighthype.com
Fikrlar